

“Bizda ajoyib jamoa bor. Vaziyat qanday bo'lmasin, biz oxirigacha kurashamiz. Bugun ham shunday qildik, jamoa uchun xursandman. Har birimiz chin dildan mehnat qilib, shunday natijaga erisha olishimizga ishondik. “Liverpul” hozir ochkolari ko'p bo'lgan yaxshi jamoa. Ularga qarshi ham eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz va oxirigacha kurashamiz”, - deydi Adama Traore.



