Transferlar oynasi – “Qizilqum”

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2018
18 iyundan boshlab O'zbekiston chempionatida transferlar oynasi rasman ochilgan bo'lib, ayni paytda klublar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonini davom ettirishmoqda.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham 6 nafar yangi o'yinchini PEPSI Superliga hamda O'zbekiston kubogi bahslari uchun ro'yxatdan o'tkazdi. Bular – Salim Mustafoev, Begzod G'anijonov, Shahboz Quvondiqov, Jamshid Murodullaev, Mehriddin Faxriev hamda G'ayrat Jumaev.

Qolaversa, Viktor Grigorev, Alisher Yusupov, Sergey Proxorov hamda Abbos Rustamov rasman Navoiy shahri jamoasi safini tark etishdi.

KELGANLAR:
Salim Mustafoev
Begzod G'anijonov (ijara)
Shahboz Quvondiqov
Jamshid Murodullaev
Mehriddin Faxriev
G'ayrat Jumaev

KETGANLAR:
Viktor Grigorev
Alisher Yusupov
Sergey Proxorov
Abbos Rustamov
 
* "Qizilqum"ga jamoani tark etgan futbolchilar oldida hech qanday qarzdorligi yo'q bo'lgani sababdan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz