Totti: “Zlatan bir oyoqda o'ynashi va faoliyatini 50 yoshgacha davom ettirishi mumkin”

Eldor Akmurzayev
21 noya 2020, 19:55
“Roma” afsonasi Franchesko Totti “Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Zlatan bitta oyoqda ham o'ynashi mumkin edi. U 50 yoshgacha hozirgi darajasidagi harakat qila oladi.

O'yinlaringni kuzatish zavq bag'ishlaydi. Jismoniy kuch, texnika, boshqalar uchun kutilmagan qarorlaring. Seni yana maydonda ko'rganimdan xursandman”, deydi Totti.

Avvalroq, Zlatan jamoadoshlariga PS 5 konsolini sovg'a qilgan haqida xabar qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal