"Tottenxem" vingeri uzoq muddatga safdan chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
5 okt 2023, 16:24
Futbolchi jiddiy jarohat oldi.

"Tottenxem" vingeri Manor Solomon uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqida mashhur insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Futbolchi mashg'ulotda jimjilog'idan jarohat olgan. Tiklanish uchun taxminan 2-3 oy talab qilinishi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Solomon "Tottenxem"ga shu yil yozda erkin agent sifatida o'tgandi. Uning avvalgi jamoasi Doneckning "Shaxter" klubi edi. 

Ushbu mavsum 24 yoshli isroillik futbolchi barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal