"Tottenxem" tarkibni Postekoglu aytganidiek yangilamoqchi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2023, 22:25
"Tottenxem" yangi bosh murabbiy tayinlanishidan so'ng tarkibda o'zgarishlar qilishni rejalashtiryapti.

Oldinroq, jamoani "Seltik" ustozi Enj Postekoglu boshqarishi aytilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, "shporlar" mutaxassis uchun "Seltik"ga 5 mln. funt tovon puli to'laydi.

57 yoshli avstraliyalik tarkibni sezilarli darajada o'zgartirmoqchi. "Tottenxem" Ugo Loris, Ivan Perishich, Erik Dayer, Ben Deivs, Davinson Sanches, Rayan Sessenonlarni qo'yib yuborishga tayyor. Ijaraga olingan Arno Danjuma "Vilyarreal"ga qaytadi. Shu bilan birga Kleman Langle ham "Barselona"ga qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph