

Joze Mourinyu jamoasi shu tariqa Yevropa Ligasining guruh bosqichiga yo'l oldi.
Mazkur bahs yana shunisi bilan ahamiyatli bo'ldiki, "Tottenxem" 1983 yildan beri ilk bor evrokubok o'yinida 7 ta gol urdi. "Shporlar" oxirgi bor bundan 37 yil muqaddam shunday sermahsullik namoyish qilgan. O'shanda "Drogeda Yunayted" (Shimoliy Irlandiya) darvozasi javobsiz 8 bor ishg'ol qilingan.



