"Tottenxem" Tangi Ndombele bilan xayrlashmoqchi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2020, 22:13
Klub uni bir yil oldin rekord darajadagi narxda sotib olgan edi.

"Shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu 23 yoshli francuz APLga moslasha olmaydi deb hisoblamoqda.

"Tottenxem" Ndombeleni bir yil oldin "Lion"dan rekord darajadagi summa - 60 million evroga sotib olgan va 2025 yilgacha shartnoma imzolagan.

Yarim himoyachi hozirda koronavirusdan davolanmoqda. Oldinroq, unga PSJ, "Yuventus" va "Inter" qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi.

Ndombele o'tgan mavsum APLda 21 o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail