"Tottenxem" Shkrinyarni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 14:59
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar transferlar oynasi yopilgunga qadar "Tottenxem"ga o'tishi kutilmoqda.

Oldinroq "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte himoyachi borasida yaxshi taklif tushsa, sotib yuborilishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Italiyalik jurnalistlarning yozishicha, "Tottenxem" futbolchini 40 mln evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olish borasida taklif yuborgani aytilmoqda. London jamoasi bu borada so'rovni boshlab yuborgan.

"transfermarkt" portali 25 yoshli Shkrinyarni 50 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal