"Tottenxem" Rouz bilan shartnomani bekor qiladi

Alisher
22 okt 2020, 14:28
Angliyalik futbolchi klubdan ketishga yaqin.

"Tottenxem" va Denni Rouz o'zaro kelishuv asosida bitimni bekor qilmoqchi.

30 yoshli chap qanot himoyachisi "shporlar" safida joriy mavsum umuman maydonga tushmadi va Yevropa Ligasi uchun tarkibga kirmadi.

Londonliklar ish haqi darajasini qisqartirishmoqchi va o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Nyukasl"da o'tkazgan Rouz shu haftadayoq klubdan ketishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Insider