"Tottenxem" Lo Chelso uchun "Vilyarreal"dan 20 mln evro olmoqchi

Alisher
30 may 2022, 10:38
"Vilyarreal"da ijara asosida o'ynayotgan "Tottenxem" yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso ispan klubida qolishi mumkin.

Ispanlar 26 yoshli argentinalik futbolchini o'z tarkiblarida saqlab qolishmoqchi.

Shu bilan birga, "shporlar" o'yinchi uchun 20 million evro olishmoqchi.

Lo Chelso o'tgan mavsum "Vilyarreal" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun