APL. "Lester" "Tottenxem"ni taslim etdi va jadvalda ikkinchi o'ringa chiqib oldi

Alisher
20 dek 2020
APL 14-tur doirasidagi "Tottenxem" - "Lester" o'yini yakuniga etdi.


"Tottenxem" – "Lester" 0:2

"Tottenxem Xotspur Stedium"

Gollar: 0:1 – 45, penalti Vardi, 0:2 – 59, avtogol Alderveyreld.

"Tottenxem" – Loris, Alderveyreld, Regilon, Ore (Uinks, 64), Dayer, Lo Chelso (Lukas Moura, 49), Sissoko, Xeyberg, Ndombele (Beyl, 46), Son Xyn Min, Keyn.

"Lester" – Shmeyxel, Djastin, Evans, Fofana, Kastan (Amarti, 60), Meddison, Tilemans, Ndidi, Barns (Prat, 84), Olbrayton, Vardi (Ixeanacho, 88).

Ogohlantirishlar: Olbrayton (32), Ndidi (72), Dayer (79), Uinks (81).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. Moura qanotdan jarima maydonchasiga kirib, pas berdi, ammo "Lester" futbolchisi uni ko'kragi bilan qaytardi, "Tottenxem" vakillari esa to'p qo'lga tegdi deya hakamdan penalti so'rashdi, biroq referi hech qanday qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

71. ZARBAAAAAA! Burchakdan bo'lgan uzatmadan so'ng to'p Son Xyon Mingga tushib qoldi, katta tezlikda kelayotgan Son darvozaga bir amallab zarba berdi. Shmeyxel to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

61. ZARBAAA! Keyn jarima maydonchasiga kirmay chap oyog'i bilan darvozani nishonga olishga urindi. Shmeyxel to'pni egallab oldi.

59. GOOOOOOOL! "Lester" yana ikkinchi golni urdi, biroq bu safar gol hisobga olinadi. Olbrayton o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Vardi esa Mussa Sissoko ustidan zarba berdi. To'p Alderveyreldga tegib, darvozaga burildi.

55. "Tottenxem" katta kuch bilan hujumga o'tyapti, ammo uzatma va paslarda xatolar tufayli hujumlar yakuniga etmay qolmoqda.

49. O'zgarish: Lo Chelso o'rniga Lukas Moura maydonga tushdi.

48. GOOOOOL! Meddison hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Himoya chizig'idan uzatilgan ajoyib pasni Meddison darvozaga joylab qo'ydi. Biroq VAR futbolchining pas paytidagi holatini tekshirdi va ofsayd bo'lganini ko'rsatdi. GOL HISOBGA OLINMADI.

46. Ikkinchi bo'lim startida o'zgarish ro'y berdi. Ndombele o'rniga Garet Beyl maydonga tushdi.

TANAFFUS

45+4. GOOOL! Vardi penaltidan hisobni ochdi!

45+2. Ore o'z jarima maydonchasida qoida buzdi. Hakam buni VAR orqali aniqladi va endi "shporlar" darvozasi tomon penalti belgilandi.

40. "Shporlar"dan ajoyib hujum. Son burchakdan uzatgan to'pni Keyn bosh bilan darvozaga burishga urindi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

36. Lo Chelso maydonga yiqilgan Barnsning yuziga tepib ketdi, albatta tasodifan. "Lester" futbolchisining qoshi yorildi.

32. "Shporlar" tezkor qarshi hujum uyushtirishdi. Son o'ng qanotda ochilayotgan Ndombelega biroz noqulay pas berdi, ammo u burchak zarbasi ishlab oldi. Burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

29. "Tottenxem" va "Lester" navbatma-navbat hujum uyushtirishmoqda, ammo ularning hech biri aniq zarba bilan yakunlanmayapti.

23. "Tottenxem" katta kuch bilan hujumga o'tmayapti va iloji boricha ehtiyotkor o'yin ko'rsatmoqda.

22. Matnli translyatsiyadagi to'xtalish uchun uzr so'raymiz. 

4. Ndombele o'z jamoasi uchun standart ishlab oldi. Biroq jarimadan uzatilgan to'pni "Lester" himoyachilari qaytarishdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


"Tottenxem": Loris, Alderveyreld, Regilon, Ore, Dayer, Lo Chelso, Sissoko, Xeyberg, Ndombele, Son Xyon Min, Keyn.

"Lester": Shmeyxel, Jastin, Evans, Fofana, Kastan, Meddison, Tilemans, Ndidi, Barns, Olbrayton, Vardi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia