Tottenxem Kolo-Muanini sotib olishga harakat qiladi

Alisher
25 iyul 2023, 09:46
Tottenxem Ayntraxt hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olmoqchi, deb xabar berdi LʼEquipe.

Klub ushbu yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Harri Keynga o'rinbosar sifatida aynan fransiyalik futbolchini ko'rmoqda. Germaniyaliklar hujumchining transferidan 100 million evroga yaqin pul ishlab olmoqchi. 

24 yoshli fransiyalik futbolchi o'tgan mavsum Ayntraxt safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 17 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 80 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com