"Tottenxem" Keynning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan hujumchini topdi

Alisher
2 mar 2021, 15:18
"Lacio" forvardi Chiro Immobile A Seriyadan APLga yo'l olishi mumkin.

31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

"Shporlar" rahbariyati Immobilega yozda sotilishi mumkin bo'lgan Xarri Keynning o'rinbosari sifatida qarashmoqda. Italiyalik futbolchini taklif qilishgan shaxsan Joze Mourinyu qiziqish bildirmoqda.

Forvard joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star