"Tottenxem" Keynni 140 mln. evroga baholayapti

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2023, 00:45
"Tottenxem" Xarri Keynning narxini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda London klubi prezidenti Deniel Levi hujumchini 140 mln. evroga baholamoqda.

"Bavariya" ikki marotaba Keyn borasida "Tottenxem"ga taklif yubordi. "Shporlar" ularni rad etdi. Keyn kelasi yil tekinga jamoani tark etishini hisobga olgan "Bavariya" ushbu transferni 140 mln. evrodan arzonroqqa amalga oshirmoqchi.

Agar yozda transfer amalga oshmasa, nemis grandi futbolchini qishgacha kutishga tayyor. Keyn shu hafta "Tottenxem" safiga qaytib, mashg'ulotlarga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail