"Tottenxem" 4 futbolchini sotib, 200 mln. evro ishlab olmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 apr 2018, 15:15
"Tottenxem" yozda tarkibni qayta tuzib chiqmoqchi va asosiy futbolchilarning bazilari bilan xayrlashishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoani Denni Rouz, Tobi Aldervereld, Viktor Vanyama va Mussa Dembele tark etishi mumkin. "Shporlar" birinchi uch futbolchining har birini 58 mln. funtdan sotmoqchi. Dembelening shartnomasi bir yil qolgani tufayli, uning narxi 23 mln. evro qilib belgilandi. Shunday qilib, "Tottenxem" to'rt futbolchini sotib, 200 mln. evroga yaqin pul topmoqchi.

Ayni damda "Tottenxem" APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail