“Tottenhem” yetakchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

29 sen 2018, 00:18
“Tottenhem” yarim himoyachisi Dele Alli “Tottenhem”da yana ko'p yillar to'p tepadi.

The Independent nashrining xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani uzaytirishni bir nechta bosqichda muhokama qilishdi va yakunda ular bir qarorga kelishgan.

Allining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yili o'z nihoyasiga etadi. Ammo “Tottenhem” rahbariyati futbolchiga top-klublar tomonidan bo'layotgan takliflardan bezovta. 

Alli 2015 yildan buyon “shporlar” safida to'p tepib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Independent