Toshkentga “Eybar” U-15 jamoasi keladi

Narzulla Saydullayev
8 okt 2018, 20:43
Joriy yilning 13 oktyabr kuni Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga tashrif buyuradi.

14 oktyabr kuni Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda “Eybar” klubining U-15 jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
 
Mazkur o'rtoqlik o'yini O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun tajriba to'plab, jamoani shakllantirishga katta yordam berishi shubhasiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz