Toshkentdagi finalda to'qnash kelganlar, RFPL finalida ham bir-biriga raqib bo'ldi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2017, 17:12
25-26 fevral kunlari kiberfutbol bo'yicha RFPL Kubogi bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada 2016 yil Toshkentda bo'lib o'tgan MDH-2016 turniri finalchilari Robert Faxretdinov (Ufenok) hamda Andrey Gurev (Timon) ham qatnashdi. MDH-2016 finalida to'qnash kelgan ayni damda "Ufa" hamda SSKA klublari sharafini himoya qilayotgan kiberfutbolchilar bu safar ham turnirning hal qiluvchi bahsida joystiklar bilan qurollanishdi. Toshkentdagi turnirda g'olib chiqqan "Ufa" kiberfutbolchisi Robert Faxretdinov bu safar SSKA safini to'ldirgan Andrey Gurevga mag'lub bo'ldi. "Timon" joriy yildagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi.

Toshkentdagi turnir finaliga chiqqan o'yinchi Moskvaning SSKA klubiga o'tdi

Toshkentdagi MDH-2016 finalchisi 10.000 evro yutib oldi

FIFA16 bo'yicha MDH Kubogi g'olib va sovrindorlari taqdirlandi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia