

Mazkur turda bir qator e'tiborga molik natijalar qayd etildi. Xususan, peshqadam "Sohibkor" o'z uyida "Mustaqillik"ka yutqazib, birinchi o'rinni topshirdi. Qizig'i, qoldirilgan o'yindagi g'alabasi tufayli peshqadam bo'lib olgan "Ahmad Yassaviy" 11-turda "Ohangaron" oldida ojiz qoldi. Shunday bo'lsa-da, birinchi o'rin qo'ldan ketgani yo'q.
Gollarga boy o'tgan 11-turda rekord natijalardan biri qayd etildi. Olmaliqning BFM klubi kecha o'z maydonida YAFMIni qabul qilib, raqib darvozasini oz emas, ko'p emas naqd 10 (!) marta ishg'ol qildi.
TOSHKENT VILOYATI CHEMPIONATI
9-turning qoldirilgan uchrashuvi
24 may (chorshanba)
YAFMI - AHMAD YASSAVIY - 4:7
11-tur. 26 may (juma)
LOCHINLAR - CEMENTCHI - 3:4
Hakamlar: Xusan Xudoyberdiev, A.Saidov, R.Muhamedyarov.
OHANGARON - AHMAD YASSAVIY - 5:2
Hakamlar: Andrey Snetkov, Husniddin O'rolov, D.Snetkova.
27 may (shanba)
BO'STON - CHOZK - 3:2
Hakamlar: SH.Rasulov, J.Rejebov, R.Sahobuddinov.
SOHIBKOR - MUSTAQILLIK - 0:1
Hakamlar: Iskandar Zoitov, Sultonmurod Ulfatov, I.Jo'raev.
YANGIBOZOR - METALLURG (O) - 4:3
Hakamlar: D.Jalimov, A.Karimov, T.Jo'raboev.
AMAFOS-M - METALLURG (B) - 3:3
Hakamlar: Ro'zimurod Dostomov, H.To'laganov, R.Mavlonov.
29 may (dushanba)
BFM - YAFMI - 10:1
Hakamlar: Andrey Snetkov, R.To'ychixonov, D.Abdug'aniev.
12-tur uchrashuvlari
12-turda bizni bir-biridan qiziqarli o'tishi taxmin qilinayotgan ikki markaziy uchrashuv kutib turibdi. Peshqadam "Ahmad Yassaviy" o'z maydonida o'zini izma-iz taqib qilib kelayotgan "Sohibkor"ni qabul qilsa, kuchli to'rtlikdan joy olib turgan "Cementchi" - "Yangibozor" Bekobod shahrida o'zaro hisob-kitob qilishadi.
NAVBATDAGI UCHRASHUVLAR
12-tur. 3 iyun (shanba)
METALLURG (B) - BFM
METALLURG (O) - AMAFOS-M
MUSTAQILLIK - LOCHINLAR
AHMAD YASSAVIY - SOHIBKOR
CHOZK - OHANGARON
YAFMI - BO'STON
4 iyun (yakshanba)
CEMENTCHI - YANGIBOZOR
Turnir jadvali
# | Jamoalar | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | "Ahmad Yassaviy" (Yuqorichirchiq) | 11 | 8 | 1 | 2 | 40-30 | 25 |
2 | "Sohibkor" (Yangiyo'l) | 11 | 7 | 2 | 2 | 30-16 | 23 |
3 | "Cementchi" (Bekobod sh.) | 10 | 6 | 3 | 1 | 25-17 | 21 |
4 | "Yangibozor" (Yuqorichirchiq) | 11 | 6 | 2 | 3 | 27-21 | 20 |
5 | BFM (Olmaliq) | 11 | 6 | 2 | 3 | 20-15 | 20 |
6 | "Amafos-M" (Olmaliq) | 11 | 5 | 4 | 2 | 36-25 | 19 |
7 | "Ohangaron-S" (Ohangaron) | 11 | 6 | 1 | 4 | 20-9 | 19 |
8 | "Metallurg" (Olmaliq) | 11 | 4 | 3 | 4 | 29-22 | 15 |
9 | "Mustaqillik" (Bekobod tum.) | 11 | 4 | 2 | 5 | 25-29 | 14 |
10 | CHOZK (Chirchiq) | 11 | 3 | 2 | 6 | 21-25 | 11 |
11 | "Metallurg" (Bekobod sh.) | 10 | 3 | 2 | 5 | 20-28 | 11 |
12 | "Bo'ston" (Bo'stonliq) | 9 | 1 | 2 | 6 | 19-31 | 5 |
13 | "Lochinlar" (O'rtachirchiq) | 11 | 1 | 1 | 9 | 18-39 | 4 |
14 | YAFMI (Yangiyo'l) | 11 | 1 | 1 | 9 | 20-50 | 4 |
