Toshak: "Beyl ispan tilini o'rganishi kerak"

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019, 18:19
"Real" va Uels terma jamoasi sobiq murabbiyi Jon Toshak yarim himoyachi Garet Beyl Madridda o'tkazgan 6 yil ichida ispan tilini o'rganmagani haqidagi ma'lumotga fikr bildirdi.

"Chet el jamoasiga o'tsang, muxlislar hurmat tariqasida mahalliy tilni o'rganishga harakat qilish kerak. Beyl urinib ko'rishi lozim.

Garet iqtidorli futbolchi, bu haqiqat. Ammo jarohatlar unga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Uning ko'plab shikastlanishlari g'alati harakatlar bilan bog'liq" - deydi Toshak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As