Toni: "Iguain zaxirada qolganini bilganimda, juda xursand bo'ldim!

Aslanov Jasurbek
16 mar 2015, 17:14
"Verona" hujumchisi Luka Toni "Napoli"ga qarshi A seriya uchrashuvi (2:0) haqida so'zlab berdi.

"Biz bor kuchimiz bilan o'ynadik. "Napoli"ga qarshi so'nggi 3 uchrashuvda 14ta gol o'tkazib yuboribmiz - bu juda ko'p. Bugungi uchrashuvda "Verona" g'alabaga tashna edi.

Iguain zaxirada qolganini bilganimda, juda xursand bo'ldim! U yuqori darajadagi hujumchi. Gol va ochko uchun xursandman" - deydi Toni.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com