Toni: "Iguain mavsum oxirigacha yana 30ta gol urishiga garov o'ynayman"

Aslanov Jasurbek
16 okt 2017, 15:59
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Luka Toni joriy mavsum 8ta o'yinda 3ta gol urgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainni qo'llab-quvvatladi.

"Menga ishoning, Iguainda hozircha inqiroz. Unga to'purar ko'zi bilan qarayapman. U xotirjamlikni saqlashi kerak. Biz dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri haqida gaplashyapmiz. Siz "Yuventus" yoki "Bavariya"da o'ynab, bitta uchrashuvda gol ura olmasangiz, bir yil o'tgandek tuyiladi.

Iguain bu mavsum barcha turnirlarda 4ta gol urgani muhim emas. U mavsum oxirigacha yana 30ta gol urishiga garov o'ynayman. Menda inqiroz bo'lganida jamoadoshlarim bilan hazillashib, kulib yurardim. Yaxshi ishlayotganimni bilardim" - deydi Toni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia