Luka Toni Ronalduni keskin tanqid qildi

Eldor Akmurzayev
15 apr 2021, 21:25
Italiya chempionati 30-turida “Yuventus” 3:1 hisobida “Jenoa”ni engdi.

O'yindan so'ng esa Krishtianu Ronaldu o'z futbolkasini maydonga otib yubordi. Ko'plab nashrlar u formasini bolboyga sovg'a qilish maqsadida shunday qilgani bilan izohladi. Shunga qaramay, Italiya futboli afsonasi Luka Toniga Ronalduning bu harakati maqul kelmadi.

“Ronaldu “Yuventus”da juda muhim o'yinchi, u liganing eng yaxshi to'purari. Biroq, uning jamoaga bo'lgan munosabatidan mamnun emasman. Futbolchilik faoliyatimda juda xudbin bo'lganman, lekin agar gol urolmasam, men g'alabani jamoa bilan nishonlash uchun baribir maydonda qolardim. His-tuyg'ularimni ichimga yutardim.

Bu tasodifan sodir bo'lgan yo bo'lmaganidan qati nazar, sen futbolkani ota olmaysan, uni bera olasan. Buyuk chempion boshqalarga o'rnak ko'rsatishi lozim. Shu orqali Ronaldu kichik g'iybatlardan ham qochgan bo'lardi”, deydi Toni.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tuttosport