Tonali noqonuniy platformada pul tikish ishi bo'yicha ko'rsatma beradi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2023, 23:35
Sandro Tonali noqonuniy platformada pul tikkani uchun oladigan jazosini engillashtirishga harakat qilyapti.

Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonali davlat prokurori Juzeppe Chine oldida ko'rsatma berishga tayyor.

Bu voqea kelasi haftada sodir bo'ladi. "Nyukasl" futbolchisi bu ishni diskvalifikaciya muddati kamayishi uchun bajaradi.

Tonali javobgarlikka tayyorligini aytmoqchi. Katta ehtimol bilan u futbol o'yinlariga pul tikkanini aytmochqi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Tonali policiyaga noqonuniy platformalarda noqonuniy o'yinlar o'ynaganini tan olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TMW