Tomas Tuxel: "Loftus-Chikning kelajagi haqida gapirishga hali erta"

Aslanov Jasurbek
2 avg 2021, 01:55
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikning jamoadan ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Uning kelajagi haqida gapirishga hali erta. Hammasi Rubenning o'z qo'lida. U o'zini isbotlash imkoniyatiga ega", - deydi nemis mutaxassisi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli ingliz futbolchisi o'tgan mavsumni "Fulxem"da ijara asosida o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports