"Chelsi" va "Milan" Loftus-Chik transferini muhokama qilishmoqda

Sherzod Nurmatov
23 may 2023, 13:15
"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Milan" 27 yoshli angliyalik futbolchiga da'vogarlik qilmoqda. Tomonlar ijara emas, to'liq transfer masalasini muhokama qila boshlashdi. Futbolchining o'zi Italiyada o'ynashni istamoqda.

Loftus-Chik joriy mavsum "Chelsi" safida 31 ta o'yinda harakat qilib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano