Tolisso "Bavariya"ni tark etadi

Оқил Абдубарноев
30 may 2022
"Bavariya" Korentin Tolissoning kyetishini e'lon qildi.

Yarim himoyachi ushbu yozda erkin agent sifatida Myunxen klubini tark etadi. Tolisso "Bavariya"da 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. U 118 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan.

"Bavariya" tarkibida francuz futbolchisi 5 marta Germaniya chempioni bo'ldi, ikki marta Germaniya kubogini, 4 marta superkubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, yarim himoyachi “Bavariya” bilan Chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbayern.com