JCH-2022 oldidan Fransiya TJ navbatdagi yo'qotish

Eldor Akmurzayev
22 okt 2022
Avvalroq, Korenten Tolisso hamda Ngolo Kante bo'lajak jahon chempionatini o'tkazib yuborishi aniq bo'lgandi.

Shuningdek, Fransiya TJ kiperi Mayk Menyan jarohatini qaytalab oldi va u ham mundialda qatnasholmasligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda “Milan” ustozi Stefano Pioli xabar qildi:

- O'ylashimcha, Menyan kamida yanvar oyigacha bizga yordam berolmaydi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya TJ JCH-2022 guruh bosqichida Tunis, Daniya va Avstraliya bilan bahs olib boradi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: acmilan.com