Tojikistonning ikki terma jamoasida iste'fo yuz berdi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2025, 17:18
FIFA kunlaridan so'ng Tojikistonning ikki terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi.

Tojikiston futbol federciyasi asosiy va U-23 terma jamoalarida bosh murabbiylar iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Tojikiston terma jamoasi CAFA Nation's Cup-2025da guruhda qolib ketdi, U-23 terma jamoasi esa Osiyo Kubogi saralash bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va turnirning asosiy bosqichiga yo'l ola bilmadi.

Ushbu muvaffaqiyatsizliklar tufayli Gela Shekiladze (terma jamoa) va Levan Xomeriki (U-23 terma jamoa) iste'foga chiqarildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/goal_tj