Tojikistonda yangi mavsumga qur'a tashlandi (FOTO)

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017, 16:03
Bugun Varzish telekanali studiyasida 2017 yilgi Tojikiston oliy ligasi bahslariga qur'a tashlandi.

Hisob bo'yicha 26-milliy chempionatda 8ta klub ishtirok etadi. Bu mavsum Istiqlol, Barkchi, SSKA Pomir (barchasi – Dushanbe), Xosilot (Farxor), Regar-TadAZ (Tursunzoda), Xo'jand (Xo'jand), Vaxsh (Qo'rg'on-Tepe) va o'tgan yilgi birinchi liga g'olibi Panjsher.

Har bir klub qur'a jarayonida quyidagi raqamga ega bo'ldi:

1. Barkchi (Dushanbe)
2. Regar-TadAZ (Tursunzoda)
3. Xosilot (Farxor)
4. Vaxsh (Qo'rg'on-Tepa)
5. SSKA Pomir (Dushanbe)
6. Xo'jand (Xo'jand)
7. Panjsher (Jaloliddin Balxi)
8. Istiqlol (Dushanbe)



Qur'aga ko'ra Tojikiston oliy ligasining dastlabki turlarida quyidagi juftliklar to'qnash kelishadi:

1-tur
Barkchi – Istiqlol
Regar-TadAZ – Panjsher
Xosilot – Xo'jand
Vaxsh – SSKA Pomir

2-tur
Barkchi – Panjsher
Regar-TadAZ – Xo'jand
Xosilot – SSKA Pomir
Vaxsh – Istiqlol

Dastlabki ikki davra yakunlangach uchinchi davra bahslariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Oliy liga bahslari 5 mart kuni start oladi va uch davra bo'lib o'tadi. Bir mavsumda barcha klub 21tadan o'yin o'tkazadi.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fft.tj