Tojikiston chempionati. Dastlabki uchta o'yinda 7ta gol urildi, o'zbekistonlik futbolchi jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2020, 10:37
Kecha, 5 aprel kuni 2020 yilgi Tojikiston oliy ligasi start oldi.

Liga debyutantlari Lokomotiv-Pomir va Fayzqand 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Mehmonlar safida to'rt nafar o'zbekistonlik futbolchi maydonga tushdi. Quvonarlisi hamyurtimiz Azizjon Zaripov gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

Xatlon Istaravshan ustidan irodali g'alabaga erishdi – 2:1. Mehmonlar safida 4 nafar o'zbekistonlik futbolchi ro'yxatdan o'tgan bo'lsada, ularning hech biri maydonga tushgani yo'q. 

Ko'ktosh va Regar-TadAZ o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi – 0:0. Mezbonlar tarkibida 3 nafar, mehmonlar safida bir nafar o'zbekistonlik futbolchi harakat qildi.



Birinchi turning yana ikkita o'yini 8 aprel kuni bo'lib o'tadi. Xo'jand safarda SSKA mehmoni bo'lsa, Dushanbe-83 Vaxdatda Istiqlolni qabul qiladi.


Tojikiston chempionati. Oliy liga. 1-tur
Lokomotiv-Pomir – Fayzqand – 2:2
Gollar:
Navro'z Rustamov, 49 (0:1). Shaxrom Sulaymonov, 55 (1:1). Azizbek Hasanov, 71 (2:1). Azizjon Zaripov, 72 (2:2).
Lokomotiv-Pomir (Dushanbe): Shoxrux Kirgizboev, Raxmatsho Raxmatzoda, Maxmud Pirov, Emomali Axmadxon, Shuxrat Elmurodov, Xakimdjon Xasanov (Xusrav Toirov, 83), Azizbek Xasanov (Muxammad Burizoda, 80), Sorbon Giyosov (Faxriddin Axtamov, 70), Ozodbek Pandjiev, Djonibek Sharipov, Shaxrom Sulaymonov.
Fayzqand (Vose): Fatxullo Boboev, Samandar Sharipov, Navruz Rustamov, Dalerdjon Tuxtasunov, Vaysiddin Safarov, Jasur Qurbonov, Dilshodjon BaratovMaxmadali Sadikov (Xayrullo Azizov, 24), Sayyodi Kovussho (Azizjon Zaripov65), Jamshed Murodov, Anvar Murodov (Ximatullo Malodustov, 81).
Ogohlantirishlar: Raxmatsho Raxmatzoda (Lokomotiv-Pomir), Navruz Rustamov, Dilshodjon Baratov, Sayyodi Kovussho, Djamshed Murodov (Fayzqand).
O'yinning eng yaxshi futbolchisi: Shaxrom Sulaymonov (Lokomotiv-Pomir).
Bosh hakam: Gulmurodi Sadullo (Dushanbe).
Nazoratchi: Turdibek Kushnazarov (Guliston).
Komissar: Azizdjon Dostiev (Tursunzoda).
5 aprel. Dushanbe. Markaziy Respublika stadioni.

Xatlon – Istaravshan – 2:1
Gollar
: Ilxom Barotov, 10 (0:1). Parviz Baki-Axunov, 53 (1:1). Exson Boboev, 90+4 – s penalti (2:1).
Xatlon (Boxtar): Shaxrom Ismoilov, Xuseyn Nurmatov, Naimdjon Ibragimzoda, Ravshan Azizov, Muxammad Naskov, Sorbon Avgonov (Saidsho Bozorov, 78), Umardjon Sharipov, Karomatullo Saidov, Exson Boboev, Xudoydod Uzokov (Firdavs Alinazarov, 71), Parviz Baki-Axunov.
Istaravshan (Istaravshan): Xuseyn Azizov, Azizdjon Shamsiev, Faridun Dexkonov, Dilovar Boykuziev, Kaxramon Xomidov (Djozef Feumba, 75), Xodjiboy Zieyov (Abduraxmon Kurbonov, 85), Abdukaxor Kodirov, Baxtovar Zokirov (Baxtiyor Abduraxmonov, 75), Nasim Rasulov, Ilxom Barotov, Mbeka Siebatcheu.
Ogohlantirishlar: Karomatullo Saidov (Xatlon), Mbeke Siebatcheu, Faridun Dexkonov, Baxtiyor Xolikov (Istaravshan).
Chetlatish: Ravshan Azizov (Xatlon), 62 – 2SK, Baxtiyor Abduraxmonov (Istaravshan), 90+3.
O'yinning eng yaxshi futbolchisi: Karomatullo Saidov (Xatlon).
Bosh hakam: Sayyodjon Zayniddinov (Dushanbe).
Nazoratchi: Orif Djuraev (Dushanbe).
Komissar: Pulod Kodirov (Dushanbe).
5 aprel. Jaloliddin Balxi. O'ktam Mamatov nomidagi stadion.

Ko'ktosh – Regar-TadAZ – 0:0
Ko'ktosh (Rudaki):
Kurbonali Boboev, Princ Artur, Xolmurod Nazarov, Sultonsho Mirzoev, Axtam Xolboev (Muxsindjon Abdugafforov, 46), Otabek Karimov, Munir Davlatbekov, Bunyod ShodievDaler Yodgorov, Muhiddin Odilov (Sobirdjon Xolmatov, 89), Abbos Ikramov (Azizbek Sultonov, 67).
Regar-TadAZ (Tursunzade): Bexruz Xayriev, Yokubdjon Axmedov (Dorobdjon Ergashev, 85), Alisher Xolmurodov, Akbar Bobomurodov, Oyatullo Safarov, Akbari Sheldari Arash, Nozim Bobodjonov, Rasul Payzov, Xodjiakbar Uzokov, Dilovarsho Ganiev (Sherzod Maxamadiev, 46), Sardorbek Eminov.
Ogohlantirishlar: Otabek Karimov, Muxsin Abdugafforov, Abbos Ikramov (Ko'ktosh), Dilovarsho Ganiev, Yokubdjon Axmedov (Regar-TadAZ).
O'yinning eng yaxshi futbolchisi: Xodjiakbar Uzokov (Regar-TadAZ).
Bosh hakam: Bexruz Murtazoev (Dushanbe).
Nazoratchi: Rustam Abdulloev (Dushanbe).
Komissar: Eradj Nosexov (Dushanbe).
5 aprel. Rudaki. Neftyanik stadioni.


8 aprel (chorshanba)
Dushanbe-83 – Istiqlol

SSKA – Xo'jand


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia