Timur Vasilev ham "Maqtaaral"da

Narzulla Saydullayev
19 mar 2014, 14:00
Ilgari "Lokomotiv", "Xorazm" va "Qizilqum" kabi jamolarda o'ynagan Timur Vasilev oxirgi paytlarda hech bir klub tarkibida ko'rinishi bermay kelayotgandi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bu futbolchi ham kelgusi faoliyatini qo'shni Qozog'istonda davom ettirish niyatida yuribdi. Shu bois Vasilev hozirda "Maqtaaral" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Bu haqda klub bosh murabbiyi Rauf Inileev "SA"ga xabar berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia