Timur Turdiev: "O'yinda tajriba o'z so'zini aytdi"

Оқил Абдубарноев
5 iyun 2022
Pro-liganing 11-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Turon" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Turon" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Ko'rdinglar, o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi. Birinchi bo'lim so'ngida standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Aynan shunday vaziyatlarga alohida e'tibor qaratgandik. Yigitlar ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan golning ta’siri bilan chiqishdi. Ikkinchi goldan so'ng so'ng ruhiy ustunlik raqib tomoniga o'tib ketdi. Mag'lubiyatga sabablar ko'p, ishlashda davom etamiz. 

"Turon" bejizga 1-o'rinda ketayotgani yo'q, yaxshi shakllangan jamoa ekan. Futbolchilar yaxshi yig'ilgan.

Himoya chizig'imizda jarohat olgan futbolchilar bor edi. Ularning o'rniga tushirgan futbolchilarimiz ham o'yin davomida charchab qolishdi. Bor imkoniyatdan foydalandik.

- Jamoalar futbolkalari o'xshash ekani haqida fikringiz qanday?

- Mehmon jamoada oq va qizil rangli futbolkalar bor ekan. Bizning futbolkaga o'xshashligi bor, lekin bilmadim.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia