Timur Kapadze Indoneziyada!

Sherzod Nurmatov
21 noya 2025
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Indoneziya poytaxti Jakartaga yetib bordi.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, 44 yoshli mutaxassis indoneziyaliklar bilan Istiqlol masjidida Juma namozida qatnashgan.

O'zbekistonlik murabbiyga indoneziyaliklar milliy libosi batik hadya qilingan.

Avvalroq Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishga yaqinligi haqida xabar bergan edik. 



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia