the-uff.com: O'zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya poytaxtiga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 21:54
JCH-2014 saralash pley-offi dastlabki o'yinida Iordaniya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan O'zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahriga yetib bordi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya qarshi saralash pley-off uchrashuvini o'tkazish uchun Iordaniya poytaxti Amman shahriga yetib bordi. Qosimov shogirdlari 6 sentyabr kuni Ammandagi Qirol Abdulloh stadionida Iordaniyaga qarshi JCH-2014 saralash pley-offi dastlabki uchrashuvida maydonga tushadi.

Ayni damda O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Ammandagi Grand Hayyat mehmonxonasiga joylashgan.

Ma'lumot o'rnida, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Ammanga jami 23 nafar futbolchi bilan yo'l olgan. Iordaniyaga yo'l olish arafasida Toshkentning Paxtakor klubi hujumchisi Igor Sergeev milliy terma jamoa safiga qo'shilgan. Lokomotiv hujumchisi Ivan Nagaev esa, Toshkentda qolgan.

Eslatib o'tamiz, Iordaniya hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2014 saralash pley-off dastlabki uchrashuvi 6 sentyabr kuni Amman shahrida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com