"Thailand Beach Soccer Five's 2019". Plyaj bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Ummonga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
10 may 2019, 16:52
Plyaj bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu yilning Taylandda bo'lib o'tadigan "Thailand Beach Soccer Five's 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar berib o'tgandik.

Musobaqaning birinchi o'yinida vakillarimiz Tayland terma jamoasidan 5:4 hisobida mag'lubiyatga uchrashgandi. Ikkinchi o'yinni Ummonga qarshi o'tkazgan terma jamoamiz 8:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga Akmal Hazratqulov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov va Javlon Anorov mualliflik qilishdi.

Ertaga terma jamoamiz Livanga qarshi bahs olib boradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz