Turkiya futbol federatsiyasi "Fenerbaxche"ga qarshi mamlakat Kubogi yarim final javob uchrashuvida "Beshiktosh"ga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozdi.
TFF ushbu uchrashuvni qaytadan o'tkazish qarorini qabul qilgandi, biroq "Beshiktosh" klubi javob o'yinida ishtirok etmadi. Federatsiya qaroriga ko'ra, "Fenerbaxche" finalga chiqdi, "Beshiktosh" esa bir mavsumga Turkiya Kubogidan chetlashtirildi.