Tezkor! Masharipov "Paxtakor"ga qaytishi mumkinligiga shama qildi

Mirjalol Normatov
29 yanv 2023, 03:04
"Al Nasr" futbolchisi Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"ga qaytishi mumkin.

Krishtianu Ronalduning transferidan keyin 7-raqamini topshirgan futbolchi ushbu mavsumda jamoaning asosiy futbolchisi emas. Klub ayni damda uning poziciyasi uchun boshqa futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. Oldinroq tarqalgan ma'lumotlarga qaraganda, Qatar termasi futbolchisi Akrom Afif "Al Nassr"da aynan Masharipovning o'rnini egallashi kutilmoqda.

Bu esa Jaloliddin Masharipovning jamoadan ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Bir necha daqiqa oldin futbolchi Instagramdagi profili rasmini o'zgartirdi va "storis"ga ushbu rasmni joyladi.

Hozircha Saudiya Arabistoni klubi Akrom Afifning transferini e'lon qilganicha yo'q. Ammo bu xabar yakshanba kuni ma'lum qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia