

“O'zbekiston kubogi “G” guruhi 2-turi doirasidagi “Surxon” hamda “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv dastlab Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan “Surxon Arena” stadionida o'tkazilishi belgilangan edi.
Biroq stadion maysasining va funkcional holati qoniqarsiz holatga kelib qolganligi va maydon maysasini parvarishlash ishlari olib borilishi sababli har ikki klub - “Surxon” va “Paxtakor” professional futbol klublari rahbariyati o'zaro kelishuvga erishdi.
Unga ko'ra, mazkur uchrashuv Toshkent shahrida joylashgan “Paxtakor Markaziy Stadioni”da o'tkazilishi rejalashtirildi”, - deyiladi klub xabarida.



