Terma jamoamiz muxlislari bugun qanday banner ko'tarishsin?

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2013, 14:52
Bugungi O'zbekiston - Fransiya uchrashuvida terma jamoamizni Rizedagi Otaturk stadionida nafaqat o'zbek muxlislari, balki stadionga tashrif buyuradigan turklar ham qo'llab-quvvatlashadi!
Siz ham minglab kilometr narida bo'lsangizda ushbu o'yinda jamoamiz g'alaba qozonishi uchun o'z hissangizni qo'shing: Gretsiya bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda "UMRI, NO POBEDI" yani “QURBON BO'L, LEKIN G'ALABA QOZON” deb yozilgan banner ko'tarilgan edi.

Siz bugungi uchrashuvda qanday qisqa va lo'nda so'zlar yozilgan banner ko'tarishlarini taklif qilgan bo'lar edingiz?

Bo'yoqlar tayyor, banner ham tayyor, faqat sizning so'zlaringiz qoldi. Taklifingizni ortiqcha so'zlarsiz qisqa va lo'nda qilib kommentlarda qoldirishingiz mumkin!

Olg'a O'zbekiston, kuch birlikda!

Faqatgina fikr va taklif qoldirayotganingizda bir narsani unutmang, Siz qoldirayotgan fikrni futbolchilar va butun dunyo o'qiydi! 

 

O'zbekiston muxlislar klubi yetakchisi Abdurahmon Fozilov


Narzulla SaydullayevMuallif