Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bugun tunda keladi

Xayrulla Xoliqov
18 avg 2021, 08:30
O'FA sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets bilan kelishuvga erishganidan xabaringiz bor.

Sloveniya terma jamoasi bilan Yevropa va jahon chempionatida qatnashgan ushbu mutaxassis shartnoma imzolash maqsadida bugun tunda yurtimizga yetib keladi. Katanetsning O'FA rahbariyati bilan uchrashib, shartnoma tuzishdan tashqari keyingi rejalarni hal qilib olishi ko'zda tutilgan. 

Eslatib o'tamiz, 58 yoshli murabbiyning oxirgi ish joyi Iroq terma jamoasi bo'ldi. U iroqliklarni JCH-2022 saralash bahslarida uchinchi bosqichga olib chiqdi va shu yilning boshidan beri maosh olmagani bois majburan o'z lavozimini tark etdi. Srechko Katanets endilikda O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia