

“Bu juda ham noxush holat. Jarohat futbolning bir qismi. Bundan qochib, qutilib bo'lmaydi. Jamoamizning bir qator yetakchilari Osiyo chempionatidan avval va turnir davomida jarohat olishdi. Biroq bu futbol. Tarkibimizda ularni bosadigan futbolchilar bor deb o'ylayman, bu turnirga yurtimizning eng yaxshilari yetib keldi. Bunga misol: Diyor Xolmatov. U avvalgi o'yinda barchasini ko'rsatib berdi. Jarohatlar borligi yomon, biroq bu narsa bizning o'yinimizga tasir ko'rsatmasligi lozim”, - dedi Ahmedov.




