Ter Shtegen Ispaniya Superkubogida ishtirok etmaydi

25 dek 2019, 20:09
Ernesto Valverde shu qarorga kelgan.

"El Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, yaqinlashib kelayotgan Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarida Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozasini zahira darvozaboni Neto qo'riqlaydi. Shu yo'l bilan Valverde Netoni rag'batlantirib, uning mashg'ulotlardagi mehnatidan mamnun ekanini ko'rsatmoqchi. Eslatib o'tamiz, 4 jamoa ishtirokidagi yangi musobaqa pley-off tizimida o'tkaziladi. "Barselona" yarim finalda "Atletiko"ga qarshi o'ynaydi va g'alaba qozona olsa, finalda "Real" - "Valensiya" juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Mundo Deportivo