Ter Shtegen: "Barselona" uyg'onishi va javob o'yinini kutishi kerak"

Aslanov Jasurbek
12 apr 2017, 12:12
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/4 final ilk uchrashuvi (0:3) haqida fikr bildirdi.

"Bu og'riqli tun bo'ldi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Endi uyg'onishimiz va javob uchrashuvini kutishimiz kerak. Hozir hech narsa haqida o'ylamoqchi emasmiz, asosiysi - tiklanish. Keyingi bosqichga o'tmoqchi bo'lsak, to'liq tayyor bo'lishimiz kerak.

Hozir biz va muxlislar uchun og'ir dam. Ammo muhim uchrashuvlarga tayyor bo'lish lozim" - deydi ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo