Ten Xag Van-Bissakaga ishonch bildirmayapti

Alisher
20 may 2022
"Manchester Yunayted"ning yangi ustozi Erik ten Xag yangi mavsumda angliyalik himoyachi Aaron Van-Bissakaga ishonch bildirmayapti.

Niderlandiyalik mutaxassis yangi mavsumda 24 yoshli angliyalik futbolchiga ishonch bildirmasligini ma'lum qildi, u o'ziga yangi jamoa topishiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" himoyachini "Kristal Pelas"dan 2019 yilda 55 million evro evaziga xarid qilgan edi.

Van-Bissaka joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports