Ten Xag "Manchester Yunayted"ning keyingi mavsumdagi rejalarini tuzishda faol qatnashmoqda

Administrator
6 apr 2024, 00:55
Murabbiyning klubda qolish ehtimolligi baland.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning keyingi mavsumdagi rejalarini tuzishda muhim o'rin egallamoqda.

The Athletic nashrining yozishicha, MYU murabbiyning kelajagi bo'yicha biror qaror qabul qilmagan, ammo ten Xag jamoaning yangi mavsumdagi rejalarini tuzishda asosiy o'rinni egallamoqda. Murabbiy transferlar bo'yicha yig'ilishlar va tibbiy shtabdagi o'zgarishlarni amalga oshirishda qatnashmoqda. Yangi rahbariyat aynan shu ikki jihatga alohida e'tibor qaratgan. Bundan tashqari, ten Xag AQSHda bo'ladigan turne uchun mehmonxonalarni ham o'zi tanlamoqda.

Klubga yaqin insonlarning bildirishicha, ten Xag yangi mavsumda ishlashga munosib deb ko'rilmoqda. MYUning yangi rahbariyati yomon natijalarga asosiy sabab deb jarohatlarni ko'rmoqda.

Ma'lumot uchun, ayni damda MYU APLda 48 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. Beshinchi o'rindagi "Tottenxem"da 57 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic