Ten Xag iste'fo bersa uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiy nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
30 sen 2024, 21:25
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag jamoani tark etsa, uning o'rnini egallaydigan mutaxassis nomi ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatga qaramay bosh murabbiy o'z joyida qoladi.

54 yoshli mutaxassis "Portu" va "Aston Villa"ga qarshi bahslardan avval jiddiy bosim ostida.

Klub rahbariyati vaziyat yaxshi tomonga o'zgarishini xohlayapti, ammo shoshilinch qaror qabul qilmasdan, hammasini jiddiy ko'rib chiqmoqchi.

"Yunayted"dagilarning fikricha, vaziyat va natijalar o'zgarmasa murabbiy almashadi. Qisqa muddat uchun eng yaxshi variant sifatida ten Xag assistenti Rud van Nistelroyni ko'rishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN