Ten Xag De Xeaning ketishi haqida: "David klub tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri sifatida doimo yodda qoladi"

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2023, 20:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag 12 yil davomida "qizil iblislar" darvozasini qo'riqlagan posbon David De Xeaning klubdan ketishi haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted" safida hech bo'lmaganda bitta o'yin darajasiga erishish uchun yuqori mahorat va xarakter kerak. 12 yil ichida 545 ta o'yin o'tkazish - bu alohida yutuq, ayniqsa, darvozabon sifatida har bir o'yinda siz e'tibor markazida bo'lasiz.

 

Muxlislar va jamoadoshlar tomonidan to'rt martadan yilning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini olish uning o'yin darajasidan dalolat beradi. David klub tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri sifatida doimo yodda qoladi.

 

Shaxsan men unga o'tgan mavsumda 25 ta o'yinni "quruq" o'tkazgani va klubdagi birinchi yilimdagi umumiy hissasi uchun minnatdorchilik bildiraman. Barcha o'yinchilar va xodimlar unga ajoyib faoliyatining keyingi bosqichi uchun eng yaxshi tilaklarini yo'llaydilar."

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com