Timur Kapadze: "Eron bilan ochilish uchrashuvi qiziqarli kechadi"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2020, 16:35
Bir necha soatlar oldin yurtimizda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze O'FA rasmiy saytiga qur'a va raqiblar haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menimcha, Eronga qarshi ochilish uchrashuvi qiziqarli kechadi. Qur'a yakunlariga ko'ra Eron, Kambodja, Indoneziya bilan bir guruhdan o'rin oldik. Yaxshi raqiblar tushdi. Eronni barcha yoshdagi terma jamoalari jismonan kuchli o'yin namoyish etadi. Qolgan ikkita termani o'yinlarini ham ko'rib chiqamiz. Narigi guruhda ham qiziqarli o'yinlar bo'ladi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq, Bahrayn. Asosiy maqsadimiz o'z guruhimizda birinchi o'rinni egallash. Keyingi bosqichda kim tushishidan qatiy nazar o'shanga qarab tayyorgarlik ko'ramiz. Muhimi biz uyda o'ynaymiz. Musobaqa o'zimizda bo'lib o'tadi. Koronavirus bo'lmaganida qur'a tashlash marosimi ham o'zimizda o'zgacha muhitda o'tkazilgan bo'lardi. Nasib qilsa muxlislarning daldasi bilan yaxshi tayyorgarlik ko'rib oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz",- deydi Timur Kapadze.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz