Temur Kapadze "bronza" va "oltin"dan so'ng "kumush"ni ham qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2014, 12:32
O'zbekistonlik yarim himoyachi Temur Kapadze Qozog'iston chempionati vice-chempioni bo'ldi.
Chempionatning so'nggi turida "Aktobe" safarda "Ordabasi"ni 3:1 hisobida taslim qildi. Temur Kapadze uchrashuvning 7-daqiqasida maydonga tushib oxirigacha o'ynadi.

Ikkinchi o'rindagi "Qayrat" esa o'z maydonida "Astana"ga mag'lub bo'ldi - 2:3. Shu tariqa, "Aktobe" "Qayrat"dan o'tib kyetib kumush medallarini qo'lga kiritdi.

Kapadze "Aktobe" safida 2012 yil bronza, 2013 yil oltin medallarini qo'lga kiritgandi. Bundan tashqari shu yilning boshida bo'lib o'tgan Qozog'iston Superkubogida ham g'olib chiqqandi. 



#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Astana321810463 - 263745
2Aktobe321710552 - 312140
3Qayrat32185958 - 312738
4Ordabasi321351434 - 44-1027
5Qaysar321013930 - 34-427
6Shaxtyor321161541 - 49-821


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia